Nursulton Ro‘ziboev shogirdi ACA ligasi bilan shartnoma imzoladi

  • 21 aprel, 2023, 17:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Engil vazn (70.3 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan, MMA jangchimiz Otabek Toxirov Rossiyaning 1-raqamli va jahonda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ACA ligasi bilan shartnoma imzoladi. Tez orada uning yangi ligadagi jangi ma’lum bo‘ladi. 

Otabek Tohirov O‘zbekiston MMA olamining mashhur vakili Nursulton Ro‘ziboevning shogirdi hisoblanadi va NUrsulton Team jamoasida mashg‘ulotlar olib boradi. Faoliyati mobaynida ATF Championship, WEF kabi promoushenlarda oktagonga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, Otabek Tohirov faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazgan va 7 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 3 mag‘lubiyat ham o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!