Nursulton Ro‘ziboev tarozidan o‘tdi. Ertaga jang! (Video)

  • 11.09.2021 23:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Ertaga, Rossiyaning Moskva shahrida "Open Fighting Championship" turniri tashkil etiladi. Mazkur kechada yurtimiz MMA olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev (30-8) ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

U Braziliya vakili Luchiano Kontiniga (13-3) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bugun, ushbu jang avvalida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi. Hamyurtimiz belgilangan me’yorni bajara oldi. Ushbu jang o‘rta vazn (84 kg) toifasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda Nursulton Ro‘ziboevni ukasi Mashrabjon Ro‘ziboev (11-3-1) ham o‘z jangini o‘tkazadi. Unga mezbonlar vakili Aleksandr Zaharov (3-1) raqiblik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!