Nursulton Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi ma’lum. U Italiyada oktagonga ko‘tariladi

  • 19.06.2021 14:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurtimiz MMA olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboevning (30-8-2) navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Xabaringiz bor, u Bahraynning “Breve CF” promousheni bilan shartnoma imzolagan va unda muvaffaqiyatli yurishini boshlagan edi. Ya’ni, Manamada bo‘lib o‘tgan “Breve CF 47” turnirida frantsiyalik Ibrohim Maneni "Slam" uslubida nokautga uchratgandi.

Hamyurtimiz navbatdagi jangini 1 avgust kuni aynan ushbu promoushenning Italiyaning Milan shahrida tashkil qilinadigan kechasida o‘tkazadi. Hozircha raqib ma’lum emas. Tez orada bunga ham oydinlik kiritiladi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!