Nursulton Ro‘ziboevning raqibi ham aniq. U Braziliya vakiliga qarshi jang qiladi

  • 01.09.2021 19:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Hamyurtimiz MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev 12 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Biroq, raqibi borasida ma’lumot yo‘q edi. Bunga ham aniqlik kiritildi. 

Yurtdoshimiz "Open Fighting Championship" turnirida braziliyalik "Serjino" nomi bilan mashhur Serxio De Fatima bilan jang qiladigan bo‘ldi. 

Braziliya vakili faoliyati mobaynida 16 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Nursulton Ro‘ziboevni ko‘rsatkichi esa 30-8-2  ko‘rinish olgan. 

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, 12 sentyabr kuni ushbu kechada Nursulton Ro‘ziboevni ukasi Mashrabjon Ro‘ziboev ham o‘z jangini o‘tkazadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!