
"Nyukasl", "Chelsi", "Bavariya" va "Real" bir futbolchi uchun talashmoqda
"Portu" klubi yarim himoyachisi Luis Dias Marulanda faoliyatini boshqa jamoa tarkibida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, kolumbiyalik futbolchiga "Nyukasl", "Chelsi", "Bavariya" va "Real"dan qiziqish bor. Yuqoridagi jamoalar allaqachon Diasning o‘yinini kuzata boshlagan.
Portugaliyaliklar uni sotib olishga da’vogardan 80 "limon" talab chiqmoqda. Bu summa futbolchi va klub o‘rtasida tuzilgan shartnomada tovon puli sifatida belgilab qo‘yilgan. "Transfermarkt" portali esa, unga 25 million evroga baholayapti.
24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum "ajdarlar" safida 11 uchrashuvda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar