
"Nyukasl" "Chelsi"ning uch futbolchisini sotib olmoqchi
"Nyukasl" jamoasi "Chelsi"ning 3 nafar yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda. "The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, "yangi qasr egalari" londonliklar futbolchilari Konnor Gallager, Ruben Loftus-Chik va Xakim Zieshni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
"Aristokratlar" bosh murabbiyi Grem Potter dastlabki ikki futbolchini yo‘qotishni istamaydi. Ammo Zieshni qo‘yib yuborishga tayyor.
29 yoshli futbolchi joriy mavsumda APLda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, marokashlik yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Fikrlar