«Nyukasl» Lyuis Xollni «Manchester Yunayted»ga transferi bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 07.08.2026 12:13
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl» 21 yoshli himoyachi, chap qanotda o‘ynaydigan Lyuis Xollni sotishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgan klublardan biri — «Manchester Yunayted», deb xabar beradi Sports.kz.

 

Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, manchesterliklar yozgi transfer oynasida himoyaning chap tomonini kuchaytirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, aynan Lyuis Xollni olib kelish juda qiyin kechishi aytilmoqda.

«Mendagi ma'lumotlarga qaraganda, „Manchester Yunayted“ chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish kerak bo‘lgan yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. 

 

Shu bois klubning navbatdagi yangi futbolchisi aynan shu ampluadagi o‘yinchi bo‘lishi ehtimoli katta. Lekin hozirgi paytda Lyuis Xoll, birinchidan, „Yunayted“ uchun juda qimmat baholanmoqda, ikkinchidan esa „Nyukasl“ bu transfer bo‘yicha muzokara olib borish niyatida emas.

„Nyukasl“ allaqachon bir qator yetakchi futbolchilarini sotib yubordi: Sandro Tonali „Tottenxem“ga o‘tdi, Entoni Gordon „Barselona“ga yo‘l oldi, Bruno Gimaraes esa „Arsenal“ safiga qo‘shilish arafasida. Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiy Eddi Xau bilan ham xayrlashdi — bu klub uchun katta yo‘qotish.

 

Shu sababdan hozir „Nyukasl“ Lyuis Xollni jamoada saqlab qolish uchun bor kuchini ishga solmoqda. Klub pozitsiyasini faqat mutlaqo aqlbovar qilmas darajada katta taklifgina o‘zgartira oladi», — degan Romano.

 

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Manchester Yunayted» Xoll uchun taxminan 60 million funt to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!