"Nyukasl" "Manchester Siti" futbolchisini sotib olishdan voz kechdi
"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford "Nyukasl"ga o‘tmaydi. Bu haqida jurnalist Kreyg Xop xabar bermoqda.
Manbaga ishonadigan bo‘lsak, "Nyukasl" 23 yoshli darvozabonning maoshi juda yuqori bo‘lgani uchun uni sotib olishdan voz kechishga qaror qilgan. Buning o‘rniga "qarğalar" "Real Sosyedad" darvozaboni Aleks Remiro yoki "Borussiya" Dortmunddan Gregor Kobelni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Bu mavsumda "Nyukasl" ikkita darvozabon xizmatlaridan foydalandi. Aaron Ramsdeylning hisobida barcha turnirlarda 11 ta o‘yin, 14 ta o‘tkazib yuborilgan gol va faqat bitta "quruq" o‘yin bor. Nik Poup hisobida 17 ta uchrashuvda 17 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan, sakkizta uchrashuvda darvozabon o‘z darvozasini daxlsiz qoldirgan.
Fikrlar