"Nyukasl" "Manchester Yunayted"dan himoyachi olmoqchi

  • 11 yanvar, 2021, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" qanot himoyachisi Brendon Uilyams mavsumning ikkinchi yarmini "Nyukasl"da o‘tkazishi mumkin.

Ayni damda "oq qoralar"ga ustozlik qilayotgan MYu sobiq futbolchisi Stiv Bryus himoyadagi raqobatni kuchaytirish maqsadida yosh futbolchini ijaraga olmoqchi.

Uilyams joriy mavsumda Premer-liga bahslarida bitta,  Liga kubogi va EChL guruh bosqichida 2 tadan o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatma berdi.

"Qizil iblislar" ustozi Ule-Gunnar Sulsher oldinroq, Uilyamsga kubok o‘yinlarida ko‘proq imkoniyat berishi haqida aytib o‘tgan edi.

Ëzgi transfer oynasi vaqtida "Portu"dan xarid qilingan Aleks Telles joriy mavsumda Brendon Uilyamsni zaxira futbolchisiga aylantirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!