“Nyukasl“ MYu yulduzini qo‘lga kiritmoqchi

  • 19 fevral, 2022, 10:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl“ jamoasi yozda “Manchester Yunayted“ futbolchisi Pol Pogbani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi “qizil iblislar“ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.

Tecno

“Nyukasl“ frantsuzga o‘zi istaganidek maosh va doimiy o‘yin amaliyoti taklif etmoqda. Biroq 28 yoshli iste’dod sohibi “qarg‘alar“ taklifiga rozi bo‘lmasligi mumkin. U EChLda ishtirok etadigan klub tarkibida to‘p tepmoqchi. 

Pogbaga “Nyukasl“dan tashqari, “Real“, “Yuventus“ va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Pol joriy mavsum APLning 12 o‘yinida 1 gol va 8 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!