"Nyukasl" "yangi Mbappe" bilan shartnoma imzolaydi

  • 31 yanvar, 2022, 17:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Reyms" klubidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilik grand klublar e’tiboriga tushgan Yugo Ekitike APL klubi bilan shartnoma imzolash arafasida. 

Mbappega qiyoslanayotgan futbolchi bir necha soat ichida "Nyukasl" bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga uchib ketishi mumkin. Ayni vaqtda ikki klub ham to‘liq kelishuvga erishish arafasida turibdi. 

"Reyms" o‘z futbolchisini 25 million evro hamda bonuslar evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Shuningdek, Frantsiya klubi Ekitikening keyingi sotuvidan ham foiz olishni istamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Yugo joriy mavsum jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!