
Shayxlar kuchlimi yo amerikaliklar yoxud “Nyukasl”ni kim oladi?
“Nyukasl”ni sotishga harakat qilayotgan klub xo‘jayini Mayk Eshli amerikalik biznesmen Genri Morissdan taklif oldi.
Unga ko‘ra, Moriss boy tarixga ega bo‘lgan klubni 350 million funtga sotib olishini bildirgan.
Joriy yilning aprel oyida Eshli klubni 300 million funtga saudiyaliklarga sotishini e’lon qilgandi. Biroq, Angliya premer-ligasi rahbariyati “Nyukasl”ni teletranslyatsiyalarni noqonuniy namoyish etish orqali ingliz futboliga jiddiy zarar etkazishdan ayblanayotgan saudiyaliklarga sotishni to‘xtatib qo‘ydi.
Mana endi klubga yangi xaridor chiqdi. Eshlining o‘zi nima qilib bo‘lsa ham, klubni sotib yuborishga bel bog‘lagan va amerikaliklarning taklifiga ko‘nadigan bo‘lib turibdi.
Fikrlar