"Nyukasl"ning navbatdagi transferi La Liga grandidan bo‘ladi

  • 19 yanvar, 2022, 14:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" klubi himoyachisi Diego Karlos faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishga yaqin turibdi.

Qayd etilishicha, Karlos jamoaga APLda qolish uchun kurash olib borayotgan "Nyukasl" klubiga o‘tmoqchiligini ma’lum qilgan. O‘z navbatida, "qarg‘alar" ham uni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.

Milliarderlar qo‘liga o‘tgan jamoa braziliyalik futbolchiga 4 yillik shartnoma taklif etgan. 28 yoshli himoyachi yanvar oyining o‘zidayoq "tumanli albion"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Avvalroq, andalusiyaliklar "Nyukasl"ning Karlos borasidagi 25 million evrolik taklifini rad qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. "Transfermarkt" uning narxini 45 million evro etib belgilagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!