O‘tirgandan foyda yo‘q! "Barsa" posboni ketishga ko‘ndi
«Barselona» darvozaboni Mark Andre ter Shtegen shu damlarda «Ayaks»ning yangi futbolchisi sifatida rasmiy taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik darvozabonning Niderlandiyaga uchiyu boradi. U yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash marosimi bo‘ladi.
Bu tadbirlar 1 avgustga mo‘ljallangan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari ter Shtegenning «Ayaks»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar murakkablashib, deyarli to‘xtab qolgani haqida yozgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, klublar darvozabon maoshini qay tarzda taqsimlash masalasida kelisha olmayotgan, tomonlar o‘z pozitsiyasidan chekinmasligi esa bitimning yakuniga yetishiga to‘siq bo‘layotgan edi.

Fikrlar