
Obameyang Arteta bilan bo‘lgan mojaro haqida gapirdi
Yaqinda "Barselona" bilan shartnoma imzolagan hujumchi Per-Emerik Obameyang o‘zining taqdimoti chog‘ida "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan bo‘lgan mojarosi tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, hamma muammo unda edi, u qaror qildi. Ko‘p gapira olmayman, men bo‘lib o‘tgan voqealardan xursand bo‘lmadim, tamom.
Hammasi shunday bo‘ldi. Men unchalik xursand emasdim, lekin xotirjam bo‘ldim, hammasi shu”, - dedi Obameyang.
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Obameyang sardorlik bog‘ichidan mahrum qilingan edi, shundan so‘ng u "kanonirlar" tarkibida birorta uchrashuvda maydonga tushirilmadi.
Fikrlar