
Obameyang Evrokuboklarda xet-trik qayd etgan "Arsenal" tarixidagi birinchi futbolchi bo‘ldi
Xabaringiz bor "Arsenal" kecha Evropa ligasi yarim final javob bahsida "Valensiya"ni 4:2 hisobida engdi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu kuni “kanonirlar” forvardi Per-Emerik Obameyang 3ta gol urdi va "Arsenal" tarixida evrokuboklar yarim finalida xet-trik qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” finalda hamshahari “Chelsi”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 29 may kuni Boku shahrida o‘tkaziladi.
Fikrlar