Obameyang o‘rniga zo‘ri keladi

  • 10 fevral, 2023, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” rahbariyati avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxel taklifi bilan “Barselona”dan olib kelingan hujumchi Per-Emerik Obameyangni klubdan tezroq ketishini istayapti.

“Aristokratlar” uning o‘rniga “Brendford”da porlay boshlagan Ayven Tounini transfer qilmoqchi. Bu haqida angliyalik taniqli jurnalist Saymon Filipps xabar berdi.

- Ayven Touni “Chelsi”ga juda ma’qul keladigan o‘yinchi. Klubning yangi selektsiya xizmati uning nomzodini ilgari surmoqda. Biroq, “Chelsi” shoshilmasligi kerak. Chunki Tounining qimor o‘yinlariga qiziqishi bor va uni diskvalifikatsiya qilishlari mumkin.

Umuman olganda esa, Touni yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘iga olib kelinadigan asosiy nomzod hisoblanadi, - deb yozdi Saymon Filipps.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!