
Oblak “Atletiko” bilan yangi shartnoma imzolaydi
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak jamoadagi faoliyatini davom ettiradi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli sloveniyalik futbolchi tovon puli 180 million evrolik bo‘lgan shartnomaga imzo chekadi. Avvalroq darvozabonning PSJ o‘tishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Oblak bu mavsum “Atletiko” safida 49 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 28 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar