
OChL 1/8 final ramziy terma jamoasiga "Paxtakor"dan bir nechta futbolchi kiritildi. Aziz G‘aniev ham bor (Foto)
Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final bahslari yakunlandi. OFK ortda qolgan bosqichda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, kuchli 11 talikdan "Paxtakor"dan bir yo‘la uch futbolchi o‘rin oldi. Ular Dragan Cheran, Eren Derdiyok va Sardor Sobirxo‘jaev. Shuningdek, ushbu bosqichda yurishini to‘xtatgan "Shabab Al-Ahli" safida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Aziz G‘aniev ham ramziy terma jamoaga kiritilgan.
Quyida nimchorak final ramziy terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin:
Fikrlar