
OChL. "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinda "Paxtakor"ga kimlar yordam bera olmaydi?
OChL 5-turida "Paxtakor" "Al-Ayn" mehmoni bo‘ladi. Mazkur o‘yinda ishtirok etish uchun "sherlar" BBAga etib bordi va mashg‘ulot o‘tkazdi.
O‘yinda Alijonov va Banashak jarohat tufayli, Hamrobekov esa diskvalifikatsiya qilinganligi uchun ishtirok eta olmaydi. Bu futbolchilar o‘rniga Shatskix akademiya tarbiyalanuvchilari, Poyonov, Saidnurullaev va Usmonovni jalb qildi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda "Al-Ayn" 0:3 hisobida g‘alaba qozongandi. Shundan keyin ularning bosh murabbiyi o‘zgardi.
Fikrlar