OChL. Amonovning benefisiga aylangan bahsda "Nasaf" Qatar chempionati peshqadamiga imkoniyat qoldirmadi

  • 2 oktabr, 2023, 23:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "As-Sadd" uchrashuvi yakuniga etdi va undi vakillarimiz ishonchli 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Dastlab, 29-daqiqada Sherzod Nasrullaevning uzatmasidan so‘ng, Azizbek Amonov zarba yo‘lladi, qaytgan to‘pni Suhrob Nurulloev sovuqqonlik bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi taym gol bilan boshlandi: Sidiqovning ajoyib pasidan so‘ng, Azizbek Amonov raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va raqib darvozasini aniq nishonga olib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 57-daqiqada esa, "ajdarlar" yana gol urdi. Bozorovning uzatmasidan so‘ng, Amonov raqib posboni bilan birga-bir baziyatga chiqib bordi va to‘pni Barshamning ustidan oshirib qo‘ya qoldi.

81-daqiqada mehmonlar a’zosi Bulayim Huhi hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘ngida Akram Afif maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, qarshiliklar ikkinchi turda ham g‘alaba qozondi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sherzod YUSUPOV 082
02/10/2023 23:09
Насафдан ургансин Канака уйнаш кераклигини
ишбобоев жума
02/10/2023 23:07
М. Косимовга Насаф- Р.Бердиевдан мастер класс.
Шоим Зарипов
03/10/2023 08:08
Офарин НАСАФ БАРАКАЛЛА Узбекистонни юзи УФАда ПФЛда утирган рахбарлар Тошкент жамоаларинг бир тийинга киммат кузингизни каттарок очинг БЕРДИЕВГА ОСИЛМАНГ Насафга карашинг хакамларни гирроми билан чемпион булиб юрган ПАХТАОЙ ОКМК кимлигини ОЧЛ курсатиб берди олга НАСАФ.