
OChL. Aziz G‘aniev uzoq masofadan gol urgan o‘yinda "Al Ahli" keyingi bosqichga yo‘l oldi
Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi va Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab Al-Ahli" jamoasi o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Bellashuvda dastlab BAA jamoasida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Aziz G‘aniev uzoq masofadan gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Omar Al-Soma muvozanatni tikladi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgach, ekstra taymlarga o‘tildi.
Qo‘shimcha 15 daqiqadan iborat ikki taymda ham jamoalar hisobni o‘zgartira olmadi. Penaltilar seriyasida esa, omad "Al-Ahli"ga (4:3) kulib boqdi.
Shu tariqa, saudiyaliklar musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi. G‘aniev klubi esa, OChLdagi yurishini to‘xtatdi.
Fikrlar