OChL. Jeparovning jamoasi ham g‘alabani boy berdi
Bugun OChLda 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan Eronning “Istiqlol” klubi o‘z maydonida BAAning “Al Ayn” jamoasini qabul qildi.
Tehrondagi mashhur “Ozodi” stadionda kechgan qarama-qarshilikda kuchlar teng keldi – 1:1.
Dastavval Tiam 42-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochgan edi. Biroq o‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Shiotani muvozanatni tiklashga erishdi.
Jeparov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 79-daqiqada zahiraga olindi. Bugungi durangdan so‘ng tehronliklarning ochkolari soni 6 taga etdi va jamoa turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
OChL. 4-tur
“Istiqlol” – “Al Ayn” 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: Tiam (42 penaltidan) – Shiotani (78).



Fikrlar