OChL. Kim uchundir so‘nggi, kim uchundir esa hal qiluvchi o‘yin yoxud bugun 3 ta jamoamiz o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi

  • 4 dekabr, 2023, 10:45
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar boshlanmoqda. Mazkur turda OKMK chempionatdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. "Nasaf" va "Navbahor" esa pley-off masalasini hal qilish uchun harakat qiladi. 

Tecno

"Eyr-Fors" - OKMK. Matematik jihatdan mezbonlarda ham guruhdan chiqish uchun imkoniyat bo‘lsada, lekin bu qiyin masala. Olmaliqliklar esa so‘nggi uchrashuvida ochko olishga urinib ko‘radi. Klub ketma-ket 5 ta o‘yindan beri faqat mag‘lubiyatga uchrab kelmoqda. Mazkur to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi. 

"As-Sadd" - "Nasaf". O‘tgan o‘yinda qarshiliklar ishonchli hisobda g‘alaba qozongandi. Shundan keyin qatarliklarda bosh murabbiy ham o‘zgardi. "Ajdarlar"da nafaqat pley-offga chiqish, balki guruh g‘olibiga aylanish imkoni ham bor. Ayni paytda klub 10 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. Bahs 21:00da boshlanadi. 

"Mumbay Siti" - "Navbahor". "Al-Hilol"ga mag‘lub bo‘lganidan keyin namanganliklarda birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqish imkoniyati qolmadi. Endi jamoa eng yaxshi 2-o‘rin sohiblari orasiga qo‘shilishi kerak bo‘ladi. Buning uchun jamoa o‘z maydonida qilgan ishni takrorlab berishi kerak. Ushbu uchrashuv soat 21:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!