
OChL. "Lokomotiv" so‘nggi o‘ringa tushib ketdi, "Paxtakor" peshqadam
O‘zbekiston chempioni - "Lokomotiv" safarda "Al Ittihod" mehmoni bo‘ldi. "Qirol Abdulla Sport Siti" stadionida kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi.
Mazkur guruhdan o‘rin olgan "Al Rayan" - "Al Vahda" qarama-qarshiligida esa dubayliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Shu tariqa "Lokomotiv" 3 ochko bilan so‘nggi o‘ringa tushib ketdi. Xuddi shuncha ochkoga ega bo‘lgan qatarliklar esa o‘zaro uchrashuvdagi g‘alaba evaziga 3-pog‘onadan joy olishgan. Dastlabki turda "temiryo‘lchilar"ga imkoniyatni boy bergan "Al Vahda" 6 ochko bilan guruh peshqadamligini qo‘lga kiritgan. "Al Ittihod" esa bugungi muvaffaqiyat evaziga 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"D" guruhida esa "Paxtakor" 5 ochko bilan etakchilikni davom ettirmoqda. Toshkentdan 1 ochko bilan qaytgan "Al Sadd" esa 4 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar