
OChL. "Navbahor" Eronda "Nassaji"ni mag‘lub etdi va deyarli keyingi bosqich masalasini hal qildi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan "Nassaji Mozandaron" - "Navbahor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda hamyurtlarimiz ishonchli 1:3 hisobida zafar quchdi.
Ikki golga Oston O‘runov mualliflik qildi, yana bir gol esa Igor Golban nomiga qayd etildi. Maydon egalarining yagona golini Muhammadrizo Ozodi kiritdi.
Shu tariqa, "lochinlar" ochkolari sonini 10 taga etkazib, guruhda ikkinchi o‘rinda qoldi. Eronliklar hisobida 3 ochko mavjud va ular 3-pog‘onadan joy olgan.
Samvel Babayan shogirdlari ushbu g‘alaba evaziga deyarli pley-off masalasini hal qildi. Endi ular "Al-Hilol" bilan guruh g‘olibligi uchun kurash olib boradi.
Ikkinchi o‘rinni olgan taqdirda ham namanganliklarning ochkolari evaziga guruhdan chiqishi kutilmoqda. Biroq voqealar rivoji tubdan o‘zgarib ketish ehtimoli ham yo‘q emas. Shu bois masala to‘la hal etilganicha yo‘q.
Fikrlar