
OChL. "Navbahor" va OKMK qaysi jamoalar to‘sig‘idan o‘tishi kerak?
Bu haqda SPORTS.uz jurnalisti Faxriddin Ro‘ziev telegramdagi blogida post qoldirdi:
"Xabaringiz bor, OKMK va "Navbahor" chempionlar ligasining keyingi mavsumidagi ishtirokini o‘tish o‘yinlari orqali boshlaydi. Vikipediyaning ushbu turnirga bag‘ishlangan sahifasida jamoalarimizning pley-off so‘nggi bosqichidagi raqiblari to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Unga ko‘ra, OKMK Bangladeshning "Bashundxara Kingz" jamoasi to‘sig‘idan o‘tsa, guruh bosqich yo‘llanmasini Qatarda "Al Vakra" maydonida hal qilishi kerak bo‘ladi.
"Navbahor" esa uyda O‘mon (Ummon) sultonligining "Al Sib" jamoasini engsa, final bosqich chiptasi uchun Qatarning "Al Arabi" jamoasi bilan kuch sinashadi.
P/s. Yaqinda Alisher Nikimbaev namanganliklarning dastlabki raqibi OChLning keyingi mavsumida ishtirok etish uchun litsenziya ololmasligi to‘g‘risida yozgan edi. Shunday bo‘lsa, Samvel Babayan shogirdlari musobaqadagi yurishini "Al Arabi"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi", — deyiladi FR| futbol ANALIZI kanalida.
Fikrlar