OChL o‘yinlari qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

  • 11 iyun, 2020, 16:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati, o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda OChL bahslari o‘tkazilish sanalariga o‘zgartirish kiritilgani haqida ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 4-15 noyabr kunlari Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Bahrayn mezbonlik qilishi rejalashtirilgan U16 Osiyo chempionati esa 25-noyabr – 12-dekabr kunlariga ko‘chiriladi.

Bundan tashqari, Osiyo chempionlar ligasi G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi va pley-off bahslari markazlashgan formatda sentyabr oyida o‘tkaziladi. Ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi keyinroq e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan.

U19 Osiyo chempionati hamda klublar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati avvaldan belgilanganidek oktabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

U19 Osiyo chempionati
14-31 oktabr | O‘zbekiston

Klublar o‘rtasidagi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
2-13 dekabr | BAA

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
4-15 noyabr | Turkmaniston

U16 Osiyo chempionati
25-noyabr – 12-dekabr

Osiyo chempionlar ligasi
Sentyabr | guruh va pley-off bosqichi
2-3 noyabr | chorak final bosqichi
24-noyabr | yarim final bosqichi
5-dekabr | final

*Yuqoridagi e’lon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!