OChL. "Paxtakor" joylashgan guruhda vaziyat qanday? (Turnir jadvali)

  • 24 aprel, 2021, 13:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi "V" guruhida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda g‘alaba va durang qayd etildi.

Tecno

Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" Sharjaning "Sharja" klubi bilan durang qayd etdi. Oxirgi daqiqalarda "sherlar" g‘alabani boy berishdi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda Eronning "Traktor" klubi Iroqning "Eyr Fors" jamoasini 1:0 hisobida taslim etdi.

Ushbu bellashuvlardan so‘ng Otabek Shukurov faoliyat yuritayotgan "Sharja" peshqadamlik qilmoqda - 8 ochko. Ikkinchi pog‘onada bu tur zafar quchgan Eron jamoasi - 6 ochko. "Paxtakor" 3 ta durang bilan 3 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni band etdi. "Eyr Fors" esa 2 ochko ishlab, oxirgi bo‘lib turibdi.

Quyida OChL "V" guruhi 4-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing:

image_2021-04-24_13-23-13

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!