Odil Ahmedov yaqin ikki mavsumni qaerda o‘tkazishi aniq bo‘ldi

  • 23 dekabr, 2020, 22:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamizning sardori va etakchisi Odil Ahmedov hozirda qishki ta’til tufayli yurtimizda ekanligidan xabaringiz bor.

Ma’lumki, joriy yilgi mavsumning o‘rtalarida “Shanxay SIPG” jamoasini tark etib, “Tyantszin Teda” klubiga ko‘chib o‘tgandi. O‘sha mahalda Odil Ahmedovning yangi klubi Xitoy Superligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgandi va hamyurtimiz “Tyantszin Teda” safida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Yakunda esa uning jamoasi Superligada qolish vazifasini bajardi.

33 yoshli hamyurtimiz kelasi mavsumni ham yana “Tyantszin Teda” jamoasida o‘tkazadimi yoki boshqa klubga ko‘chib o‘tadimi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirib kelayotgandi. Futbolchining keyingi rejalari qanday? Bu masala bo‘yicha Odil Ahmedov yakuniy qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, terma jamoamiz sardori “Tyantszin Teda” bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirganini Sports.uz saytiga ma’lum qildi.

Tez orada Odil Ahmedov bilan uyushtirilgan qiziqarli suhbatni saytimizda o‘qishingiz mumkin.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!