Odil Ahmedovning sobiq ustozi "Marsel"ni boshqarishi mumkin

  • 24 may, 2019, 22:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mashhur mutaxassis Andre Villash-Boash faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra uning xizmatlariga "Marsel" klubi jiddiy qiziqib qolgan.

Tecno

“Marsel” menga 2013 yilda ham qiziqqan, biroq o‘shanda men “Zenit”ni tanlaganman. “Marsel” – buyuk tarixga ega Evropaning nomdor jamoalaridan biri. Shubhasiz, ushbu loyiha meni ham qiziqtirgan bo‘lardi. Agar klub men bilan bog‘lansa, men muzokaralar o‘tkazishga tayyorman”, - deydi Villash-Boash.

Eslatib o‘tamiz, uning so‘nggi ish joyi hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!