O‘FA: "Neftchi" - "So‘g‘diyona", "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvlaridagi hakamlik o‘rganib chiqildi (video)

  • 18.03.2022 22:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘FA Hakamlar bo‘limi O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuvda hakamlar qarorlari bo‘yicha xulosalarini taqim etdi.

“Neftchi” — “So‘g‘diyona” 1:2, o‘yinining 78-daqiqasida “Neftchi” futbolchisi raqib jarima maydonchasiga kirganida himoyachi uning libosidan ushlab yiqitdi. Bosh hakam “So‘g‘diyona” darvozasiga penalti hamda himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu qaror to‘g‘ri chiqarilgan.

Neftchi - Sogdiana 68-minuta

“Bunyodkor” — “Lokomotiv” 2:1, uchrashuvning 58-daqiqasida “Bunyodkor” futbolchisi raqib jarima maydoni ichiga kirgan vaqtda himoyachi oyog‘ining pastki qismiga zarba berdi. Bosh hakam bu vaziyatda avval o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi, biroq VAR hakamlari holatni o‘rganib chiqqach, vaziyatni takroran ko‘rishni taklif qilishdi. Bosh hakam vaziyatni ko‘rgach, penalti belgilandi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, VAR yordamida qabul qilingan qaror to‘g‘ri bo‘ldi.

video_2022-03-18_22-37-07

“Bunyodkor” — “Lokomotiv” o‘yining 28-daqiqasida VAR orqali vaziyat uzoq vaqt davomida ko‘rib chiqilish sabablari O‘FA Hakamlar bo‘limi mutaxassislari va VAR instruktorlari tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va tushuntirishlar beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!