O‘FA Texnik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Imamov OFKning Texnik qo‘mitasi yig‘ilishida qatnashdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol Konfederatsiyasi Texnik qo‘mitasining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 11ta davlatdan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Texnik bo‘limi boshlig‘i Shovkat Imamov mazkur yig‘ilishda yurtimiz nomidan qatnashdi. Yig‘ilishda Osiyoda futbolni rivojlantirish va ommaviylashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida hisobotlar tinglandi.

OFK Texnik qo‘mitasi a’zolari tomonidan muhokama qilingan masalalar va qabul qilingan qarorlar OFK Ijroqo‘miga taqdim etiladi. Ijroqo‘m tasdiqlaganidan keyin ularning ijrosiga kirishiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!