
OFK. Bugun "Nasaf" final yo‘llanmasi uchun jang qiladi!
Bugun "Nasaf" OFK kubogi yarim final bosqichida Gong Kongning "Li Man" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. Bellashuvda “Nasaf” to‘liq ko‘k rangli liboslarda, mehmonlar esa sariq va qora rangli liboslarda harakat qilishadi.
Ma’lumot uchun, mazkur bahs uchun chiptalar 15-50 ming so‘m atrofida stadion kassalarida sotilmoqda.
Fikrlar