OFK klublarimizga nechta kvota ajratdi?

  • 9 dekabr, 2021, 16:19
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar assotsiatsiyalaridan 2023 yilgi mavsum davomida qit’aning klublar miqyosidagi nufuzli musobaqasi — Osiyo chempionlar ligasida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi.

Unga ko‘ra, Osiyo chempionlar ligasining 2023 yilgi mavsumida O‘zbekiston klublariga 2+2 kvota ajratiladi. Ya’ni, O‘zbekiston Superligasi chempioni va mamlakat kubogi g‘olibi OChL bahslarining guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Shuningdek, milliy chempionatimizning 2 va 3-o‘rin sohiblari OChLdagi yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.

O‘FA matbuot xizmati

Diyor Imomxo‘jaev: "Endilikda Superligada 3-o‘rin uchun rostmana kurash kechadi" 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
09/12/2021 18:38
Katta Rahmat sanga Nasaf uzbek fudboliga qushkan hissalaring. sungi 10 yillikdaki jozibalik klub. shu yil kvatalarimiz oshiga hissa qushkan kamanda. yana bir bor rahmat. fudbol klubiga
Shavkat Hasanov
09/12/2021 17:12
Рахмат сенга ОФК.ФОРМАТТИЯМ ЕВРОПАНИКИДАЙ КИЛИШ КК