
OFK kubogi. 120 daqiqadan uzoqroq davom etgan o‘yinda "Nasaf" g‘alaba qozonib, finalga chiqdi!
OFK Kubogi yarim finl bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Li Man" uchrashuvi yakuniga etdi.
Dastlab, vakillarimiz tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi: Fernando Resio o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Husain Norchaev "ajdarlar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Mehmonlar safida Givanilton Ferreyra hamda Xose Anxel Ergashev darvozasini ishg‘ol etdi.
Asosiy vaqtda kuchlar teng kelgani bois, qo‘shimcha taymlarga murojaat qilindi. 105-daqiqada Andriya Kaluderovich kuchli zarbasi bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, "ajdarlar" o‘z tarixida ikkinchi bor final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, birinchi bor bunday natija qayd etilgan 2011 yilda "Nasaf" OFK Kubogiga ega chiqqandi.
Fikrlar