OFK kubogi finalida "Nasaf" futbolchisi urgan gol eng chiroyli, deb topilishi uchun ovoz bering!

  • 22.10.2020 16:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

2011 yilgi OFK kubogi finalida "Nasaf" jamoasi vakili Andrey Pereplyotkinsning "Quvayt SK" darvozasiga kiritgan goli musobaqa mutasaddilari tomonidan eng chiroyli gollar qatorida e’tirof etildi.

"Nasaf 2011 yilda qit’a miqyosida kubok yutgan ilk o‘zbek klubi sifatida tarixga kirdi va bu yo‘lda ularga Andrey Pereplyotkinsning ajoyib gollari ham yordam berdi. Latviyalik futbolchi hal qiluvchi bahsda Artur Gevorkyanning uzatmasidan so‘ng, mohirona zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi. Yakunda Qarshidagi muxlislar sevimli jamoasining g‘alabasiga guvoh bo‘ldi", deb yozadi OFK rasmiy sayti.

Ushbu havola orqali so‘rovnomada qatnashish imkoniga egasiz:

https://www.the-afc.com/competitions/afc-cup/latest/news/bracket-challenge-ro32-mehtab-hossein-east-bengal-v-andrejs-pereplotkins-nasaf

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!