
OFK kubogi. "So‘g‘diyona" 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga chiqdi!
OFK kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Oltin Asr" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Xasanov (dubl) va Qahramonov mualliflik qildi. Raqiblarning yagona goli Ro‘ziev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, jizzaxliklar guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlab, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar