
OFK kubogi. "So‘g‘diyona" futbolchilari ertaga oq rangli libos ostida harakat qiladi (foto)
OFK kubogi hududlar aro yarim final bosqich doirasida “So‘g‘diyona” va “Istern” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv ertaga 18:00 da start oladi.
Bugun “O‘zbekiston mehmonxonasi” anjumanlar zalida “So‘g‘diyona” – “Istern” uchrashuvidan oldingi miting bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar ertaga qanday rangdagi liboslarda to‘p tepishi aniqlandi. Kelishuvga ko‘ra, “So‘g‘diyona” to‘liq oq rangli liboslarda, “Istern” esa ko‘k formalarda maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar