OFK litsenziya borasida muammolar tufayli Qatar o‘rniga O‘zbekistonga OChL uchun 4-yo‘llanmani berishi mumkin

  • 24 noyabr, 2016, 17:40
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ketma-ket ikki mavsum OChL bahslarida muvafaqqiyatsiz qatnashgan O‘zbekistonning 4 klubi yangi mavsumdan e’tiboran 1+2 tizimida ishtirok etadi.

Tecno

Bu borada Oliy Liga chempioni “Lokomotiv” OChL-2017 guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olsa, “Bunyodkor” va “Nasaf” “pley-off” o‘yinida ishtirok etadi.

Buxoroda duv-duv gap! Kechagina yakunlangan Oliy Liga-2016da to‘rtinchi o‘rinni band etgan “Buxoro” ham qit’amizning nufuzli turnirida ishtirok etishi mumkinligi borasida xabarlar tarqaldi.

OFK litsenziyalash borasida Qatarda muammolarni ko‘rmoqda. Albatta, bu xabar hozircha tasdiqlanmadi. Ammo voqeyalar rivoji shunday tus olsa, buxoroliklar ham yangi mavsumni OChL-2017 “pley-off” o‘yini bila boshlashlari mumkin.

Biz esa kuzatishda davom etamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!