OFK litsenziyasini qo‘lga kirituvchi klublarimiz soni oshishi mumkin. Biroq...

  • 9 noyabr, 2020, 18:02
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida tashkilot 2021 yilgi mavsum uchun futbol klublarining smetalari O‘FA bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi g‘oyasini ilgari surilayotganini ma’lum qildi.

Tecno

3331581192255

- Shu kungacha smetaning 80-90 foizi oylik maoshlar uchun sarf etilgan bo‘lib, moddiy-texnik baza, poydevor kabilar mustahkamlanmagan. O‘FA bilan kelishilgan smetada aynan ikkinchi masala asosiy planga chiqishi, ortgani esa oylik-maoshlar uchun sarflanishi kerak bo‘ladi. Bunda O‘FA kimning qancha maosh olishi masalasiga aralashmaydi, balki OFK ilgari surayotgan litsenziyalash talablarining bajarilishi masalasi smetada aks etishiga erishadi.

Bu bilan kelasi yilning oktyabridayoq OFK litsenziyasini qo‘lga kirituvchi futbol klublari sonining sezilarli darajada oshishiga erishishimiz mumkin. Bunda albatta asosiy muammo — buxgalteriya masalalari ham tartibli bo‘lishiga erishish muhim.

Albatta bu taklif katta maosh oluvchi futbolchi, murabbiy yoki klub rahbarlariga xush kelmasligi mumkin. Biroq mana shu o‘rinda savolni to‘g‘ri qo‘yish kerak bo‘ladi: davlat ulushi 50 foizdan ortiqroq bo‘lgan korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan klublarning asosiy vazifasi nimadan iborat: ishchilariga kattaroq maosh qilib berishmi yoki berilgan mablag‘dan oqilona foydalanib, uni futbol rivoji yo‘lida sarf etishmi?, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998915993686
09/11/2020 21:13
Tòģri ģoya shu Diyor haqiyqiy Òzbek futboli fidoiysida. Omad!!
SHAXBOZ BEKMURODOV
09/11/2020 19:07
Diyor uziz yaxshi bolasiz Nasafni letsenziyasini hal qilib bering
Javlon Abdullaev
09/11/2020 19:12
onasini omiga ske