OFK "Nasaf"ni jarimaga tortdi

  • 28 yanvar, 2022, 17:25
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qarshining "Nasaf" klubini jarimaga tortdi.

Gap shundaki, OFK Kubogi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Li Man"ga "Markaziy"dagi bahsda tartib-intizom qoidalari buzilganligi aniqlandi.

Birinchidan, "ajdarlar" 64.1 hamda 65.1-moddalar buzilganligi uchun 28 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydi.

Ikkinchidan, jamoa kodeksning 34.1 va 34.3-bandlari buzilganligi sababli shartli ravishda 21 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Biroq bu mablag‘ holat kelasi ikki yil ichida yana sodir bo‘lsagina to‘lanadi.

Uchinchidan, 1-bandga ko‘ra qarshiliklar 90 kun ichida 7 ming AQSh dollari to‘lashi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
28/01/2022 18:20
Bu narsa uchun Nasaf apilatsiya berishga haqqi bor aynan o‘sha o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz Liman futbolchilari Nasafni futbolchilarini ayamay tepishgan va natijada jarohatlar kelib chiqqan