OFK tartib intizom qo‘mitasi qarori: Suyunov jarima to‘laydi, Benatiyaning diskvalifikatsiyasi bekor qilinadi

  • 22 sentabr, 2020, 21:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK tartib-intizom qo‘mitasi guruh bosqichi doirasida o‘tkazilgan ba’zi uchrashuvlardagi tartibbuzarliklar ustidan nazorat o‘tkazish borasida majlis o‘tkazdi.

Tecno

Unga ko‘ra, 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan "Al-Hilol" - "Paxtakor" bellashuvida jarima maydoni tashqarisida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani va maydondan chetlatilgani uchun "Paxtakor" darvozaboni Eldor Suyunov 1000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Biroq boshqa bandga ko‘ra, Suyunov keyingi ikki yil mobaynida bunday harakatni amalga oshirmasligi sharti bilan jarima miqdori 250 AQSh dollariga kamaytirildi. Shuningdek, "sherlar" posboni guruh bosqichi 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Hilol" bahsini ham o‘tkazib yuborgandi.

Bundan tashqari, Qatarning "Al-Duhail" klubi himoyachisi Mexdi Benatiyaning "Sharja" jamoasiga qarshi bellashuvda olgan qizil kartochkasi bekor qilindi. Marokashlik futbolchiga hech qanday jarima solinmasligi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!