
OFKning bolalar ommaviy futboli festivali o‘tkazildi
Bugun 15 may kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun’iy qoplamali maydonida 12 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ishtirokida OFKning bolalar ommaviy futboli kuniga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.
Festival davomida futbol maydoni bir nechta o‘yin maydonchalariga ajratilib, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlar olib borishdi.
Festivalning yosh qatnashchilari estafeta, to‘p bilan muomala qilish, to‘pni qo‘lda ushlagan holda yugurish, to‘pni nazorat qilish kabi mashqlarni bajarishdi.
Shuningdek, tadbir davomida murabbiylar o‘g‘il va qiz bolalarni futbol texnikasining elementlari bilan tanishtirdi. Festival yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Fikrlar