Og‘ir atletika. Akbar Jo‘raev va Rigina Adashbaeva Parij Olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritdi!

CHERY AUTO

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Olimpiya tsikli yakunlariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘raev hamda Rigina Adashbaeva musobaqa ishtirokchilari qatoridan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, Jo‘raev -102 kg, Adashbaeva esa -81 kg vazn toifasidagi bahslarda Olimpiada medallari uchun kurash olib borishadi. Saralash davri davomida Tokio-2020 chempioni Jo‘raev 400 kg, Adashbaeva esa 243 kg natija qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!