Og‘ir atletika. Terma jamoamiz a’zolari Chirchiqda shug‘ullanmoqda

CHERY AUTO

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘raev, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Tursunoy Jabborova kabi asosiy tarkib vakillaridan iborat 15 nafar sportchi murabbiylar Bahrom Mendiboev hamda Jo‘ra Zoirov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishyapti.

Mazkur yig‘in 3-13 may kunlari Koreya Respublikasida o‘tadigan litsenzion Osiyo chempionatiga dastlabki tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!