
Og‘ir atletika. Terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionatiga jo‘nab ketdi
Og‘ir atletika bo‘ycha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Bahraynga yo‘l oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Jo‘rabek Zoirov boshchiligidagi sportchilarimiz 8-16 oktyabr kunlari Manama shahrida o‘tadigan qit’a birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Jamoamiz quyidagi tarkibga Bahraynga jo‘nab ketdi:
-67 kg: Doston Yoqubov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-81 kg: Og‘abek To‘xtaev
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-96 kg: Qurbonmurod Namozov
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov
+109 kg: Mirxosil Mirzabaev
-55 kg: Jamila Panfilova
-59 kg: Nigora Abdullaeva
-76 kg: Nigora Suvonova
-81 kg: Rigina Adashbaeva
-87 kg: Tursunoy Jabborova
Fikrlar