Og‘ir qaror: Mbappening izi ham qolmasin!

  • 09.08.2023 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ xo‘jayinlari klub bilan kelisha olmay qolgan Kilian Mbappega yana bir zarba berdi.

Rahbariyat qaroriga ko‘ra, Parij klubining rasmiy do‘konlaridan 24 yoshli hujumchiga aloqador bo‘lgan barcha mahsulotlar olib tashlandi. Bu haqda El Golazo de Gol nashri xabar tarqatdi.

Shuningdek, futbolchining surati “Park de Prens” stadionidan ham olib tashlangan.

Ayni paytda Kilian Mbappe asosiy tarkibdan chetlatilgan. Klub uni transferga qo‘ydi. Forvard faqat “Real”ga o‘tmoqchi. Madridliklar esa, bu yoz futbolchi uchun 200 million evro sarflashni istamayapti va uni yozda erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritmoqchi.

Kilian Mbappe PSJ tarixidagi eng zo‘r to‘purari hisoblanadi. U poytaxt klubi safida jami 260 ta uchrashuvda maydonga tushib, 212 ta gol va 98 ta assist muallifi bo‘lgan hamda besh marotaba Frantsiya chempioni bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Xaмзаев
09/08/2023 19:21
Килиан барибир ўтади Реалга бу шовшувлар ўйинлар янгилик эмас.впқтида Фигу Зидан Бехкемлар хам шундай шов шув бўлганди ўтиши аниқ Бўлмай охирида барибир ўтганди.
&
Ali aka
09/08/2023 14:16
AHMOQA KOSON BIR TOSH KLIAN HAM BIR AHMOQ.
&
Dili
09/08/2023 13:22
Шундан бошка футболчи йукми качон караса шу тугрисида бир кунда ун марта езасизлар бошка мавзуларда булсин
ЯХЁ АТАХАНОВ
09/08/2023 12:24
Псжни рози қилиб кет Клиан