Og‘ir vaznli o‘zbek jangchisi qaysi promoushen bilan hamkorlik qilmoqchi?

  • 21 iyun, 2020, 01:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasidagi 34 yoshli o‘zbekistonlik MMA jangchisi Amin Ergashev (10-4) uzoq vaqtdan buyon Rossiya va Qozog‘iston promoushenlarida o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda. U hozircha so‘ngi bo‘lib turgan jangini Toshkentda GFC 20 turnirida belaruslik Sergey Alekseevichga qarshi o‘tkazib,  kutilmaganda mag‘lubiyatga uchragandi. Biz MDH mamlakatlarida “Bo‘ri” taxallusi bilan tanilgan yurtdoshimizning kelajakdagi faoliyati va qaysi promoushen bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligi bilan qiziqdik.

- Albatta, faoliyatimni davom ettiraman. Hali, yaxshi saviyada jang qilishga va natija ko‘rsatishimga ishonaman. ASA (Absolute Championship Akhmat) promousheni bilan bir-ikkita jangdan so‘ng, shartnoma imzolashim mumkin. Ma’lumki, avval ushbu promoushenda janglar o‘tkazganman. Jumladan, 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladigan Gran-Pri turnirining dastlabkisida ishtirok etganman. Avval, rossiyalik raqibimni mag‘lub etib, yarim final ostonasida mezbon ya’ni, chechenistonlik Adlan Ibragimov bilan jang olib borib, kerak bo‘lsa, undan yaxshiroq harakat qilgan bo‘lsam-da, yakunda unga g‘alabani tortiq qilishgan edi. Shuningdek, Grozniydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etganman. Xullas, bu promoushenga begona emasman.

Amin Ergashev

   Qolaversa, ACA rahbari Mayrbek Xasiev hamda Abuzayid Vismuradov ham meni yaxshi bilishadi. Lekin Toshkentdagi mag‘lubiyatim faoliyatimni biroz ortga surdi. ACA bilan shartnomani nazarda tutayapman. Bu jangda ham hakam biroz erta qaror chiqarib yubordi. To‘g‘ri kuchli zarba o‘tkazdim. Ammo, barcha jangchilarda ham bunday holat yuzaga kelishi mumkin. Faqat ushbu vaziyatdan ham biroz vaqt evaziga chiqib ketish imkoniyati bo‘lardi. Men ham shunday holatda edim. Ya’ni to‘la “uxlab” qolmagandim. Ushbu mag‘lubiyat tufayli, Checheniston promousheni bilan shartnoma biroz cho‘ziladigan bo‘ldi. Chunki, so‘ngi jangida mag‘lubiyatga uchragan sportchilar bilan odatda, darrov hamkorlik qilinib ketilavermaydi. Biroq, yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, niyatlarim jiddiy va kelajakdagi janglarimda imkon qadar ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilaman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!