"Oil Star" braziliyalik futzalchini oʻz safiga qoʻshib oldi

Buxoroning “Oil Star” jamoasi qishki transfer oynasidan foydalaniib, tarkibini braziliyalik futzalchi Viktor Oliveira Dias bilan kuchaytirdi.

33 yoshli futbolchi himoyachi amplyuasida to‘p suradi. U 1993 yil 6 yanvar kuni tavallud topgan. Bo‘yi — 180 sm, vazni — 71 kg.

Viktor Oliveira Dias “Oil Star” jamoasiga Maltaning amaldagi chempioni — "Luxol St. Andrews" futzal klubidan ko‘chib keldi. Ushbu klub Malta chempionatida 9 karra g‘olib chiqqan hamda UEFA Chempionlar ligasining ko‘p karra ishtirokchisi hisoblanadi.

Malta chempionatining so‘nggi mavsumida 5 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lib, "Luxol St. Andrews" 12 ta uchrashuvning 11 tasida g‘alaba qozondi va 1 ta o‘yinni durang bilan yakunladi. Jamoa raqiblar darvozasiga 112 ta gol urgan holda, o‘z darvozasidan 27 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Mamlakat chempionligi uchun 2024/2025-yil o‘tkazilgan pley-off bahslarida "Luxol St. Andrews" vitse-chempion "Swieqi United" jamoasini har ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi — 8:6 va 4:2.

Viktor Oliveira Dias joriy mavsumda o‘z klubi safida UEFA Chempionlar ligasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!